Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi

 2021-09-07 11:04:00 1075 Chop etish

 Xususan, Prezidentimizning “Obod qishloq”, “Obod mahalla” dasturini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida yil boshidan Xonqa tumanidagi “Navro‘z” hamda “Katta kuch” mahallalarida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

 

(Ish jarayonlari hamda o‘zgarishlar tarmoqlarimizda muntazam yoritib borildi.)

 

Endilikda, Xonqa tumani Qirqyop qishlog‘i “Obod” mahallasida ham dastur doirasida ishlar boshlanish arafasida.

 

Shu munosabat bilan mahalladagi 21-sonli MTT hovlisida uchrashuv tashkil etildi.

 Uchrashuvda Vazirlar Mahkamasining ma’sul hodimi I. Qlichev, tuman hokimi M. Davlatov, mahalla fahriylari hamda faollari va tegishli tashkilot rahbarlari ishtirok etdilar.

 

Tuman hokimi ushbu mahallada har bir sohada bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan a’lohida to‘xtalib, birgalikda obod go‘shaga aylantirishda har bir fuqaroni faol ishtirok etishga chaqirdi.

 Shuningdek, nuroniylarimiz so‘zga chiqib, bugun ushbu mahalladagi yoshu-qarining ko‘zida kuvonch dilida shukrona, qisqa vaqt ichida tumanda bo‘layotgan o‘zgarishlardan mamnun ekanliklarini bildirishdi.

 

Uchrashuv yakunida dastur doirasidagi ishlar yuzasidan vazifalar belgilab olindi va mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.