Kooperatsiya tamoyillari asosida serdaromad hamda eksportbop ekinlarni joylashtirish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, shuningdek, eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha seminar tashkil etildi.
O‘tgan uch yil davomida Xonqa tumanida 1 ming 359 gektar ekin yer maydonlari elektron savdolar orqali 4 ming 740 nafar fuqaroga dehqon xo‘jaligi yuritish uchun ajratib berilgan
Seminar davomida ushbu maydonlarda "Bir hudud - bir mahsulot" tamoyili ostida kelgusidagi vazifalar belgilab olindi!
Tadbirda shuningdek O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi Aktam Xaitov, tuman rahbari Murodbek Davlatovlar so‘zga chiqib, eksportyorlar galda tashqi bozorga chiqaradigan mahsulotni sotish imkoniyatlari haqida axborot berdilar.