Ayni paytda barcha taʼlim muassasalarida "Birinchi qo‘ng‘iroq" tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Tuman markazidagi 36-sonli umum taʼlim maktabida o‘tkazilayotgan mazkur tadbirda tuman hokimi Murodbek Davlatov ham ishtirok etib, barcha o‘qituvchi va o‘quvchilarni bugungi “Bilimlar kuni” bilan muborakbod etdi.
Maʼlumot o‘rnida mazkur maktab binosi 1974-yilda qurilgan bo‘lib, 624 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lsada, 1471 nafar o‘quvchi taʼlim olib kelayotgan edi.
Belgilangan dasturlar doirasida bino to‘liq taʼmirlandi va qo‘shimcha bino qurib, foydalanishga topshirildi