+998623991673
Хонқа тумани. Хонқа шаҳарчаси Халқлар дўстлиги кўчаси 30 уй, 220800
Bosh rejaga asosan birinchi bosqich taʼmirlash ishlari olib borilmoqda
Сентябрь 12, 2023 Xo'janiyazov Shohrux 74

 

 

Ijtimoiy tarmoqdagi noto‘g‘ri axborot tarqatuvchi baʼzi manbalarda  “XONQA MARKAZIDAGI BETON SUV O‘TKAZGICH AHVOLI” sarlavhasi ostida murojaat tarqaldi.

Unda tumannig markaziy ko‘chalaridan biri bo‘lgan Xalqlar do‘stligi ko‘chasida ariq betonlari nosozligi keltiriladi.

Murojaatda keltirilgan ushbu ko‘chaning jami uzunligi 700 metr bo‘lib, ko‘plab eldoshlarimizning takliflarini inobatga olgan holda  Mening yo‘lim loyihasi doirasida  taʼmirlash ishlari ikki bosqichda amalga oshirilishi belgilangan.

Ayni damlarda bosh rejaga asosan birinchi bosqich taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.  Jumladan  yo‘lning 300 metr qismi asfaltlashtirilib, beton ariqlar yotqizilmoqda

         Hali yakuniga  yetmagan ishga xulosa qilib, hammani noinsof deya noto‘g‘ri axborot tarqatuvchi baʼzi tarmoq egalaridan qiyin bo‘lsa ham ozgina sabr qilishlarini so‘rab qolardik


Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Хонқа туман ҳокимига мурожаат юбориш
Сизга Хонқа туман ҳокимига электрон имзодан фойдаланмаган ҳолда бевосита электрон тарзда мурожаатларни юбориш имкониятини тақдим этади. Сизнинг мурожаатингизга тез кунда жавоб берилади.