+998623991673
Хонқа тумани. Хонқа шаҳарчаси Халқлар дўстлиги кўчаси 30 уй, 220800
Bugun “Madaniyat” mahallasida tuman hokimi Murodbek Davlatovning...
Апрель 25, 2023 Xo'janiyazov Shohrux 66

Bugun “Madaniyat” mahallasida tuman hokimi Murodbek Davlatovning navbatdagi sayyor qabuli tashkil etildi

Fuqarolarning qonuniy talablari, so‘rov va takliflarini amalga oshirishda aholi bilan muloqot qilish muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Bugungi qabul davomida fuqarolar tomonidan turli masalalar yuzasida murojaatlar bildirildi. hudud aholisini dehqonchilik bilan shug‘ullanishini hisobga olsak aksariyat murojaatlar oqar suv masalalarida bo‘ldi.

 

Davlatimiz rahbari tashabbuslari bilan onlayn savdolar orqali hudud fuqarolari uchun 50 gektardan ziyod ekin maydonlari ajratilgan edi.

 

Muloqotlar davomida faqat fermer va klaster yerlarini emas, birinchi navbatda yuqoridani fuqarolarning yerlarni suv bilan taʼminlanishi taʼkidlandi va mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.  

 

SHuningdek, Madaniyat mahallasining Alisher Navoiy ko‘chasida yashovchi bir guruh fuqarolarining ichimlik suvi yuzasidan bildirgan murojaatlari tuman hokimi hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Maksud Qurbonboyev bilan joyiga chiqib o‘rganildi.

 

O‘tgan 2022-yilda ushbu mahalladagi qarovsiz holga kelib qolgan suv taqsimlash inshooti mukammal taʼmirlanib, hududdagi 16 kilometr uzunlikdagi ichimlik suvi tarmoqlari yangilandi va 230 ta xonadon tarmoqqa ulangan edi.

 

Mahalladagi qolgan ichimlik suv tarmoqlari eskiligi bois avariyalar yuzaga kelib, taʼminotda uzilishlar ko‘p uchrayotgandi. Soha mutasaddilariga eski va yangi liniyalarni ajratuvchi qurilma o‘rnatish hamda bosimni muntazam nazorat qilish choralarini ko‘rish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi

 

 


Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK
Оммабоб янгиликлар

Хонқа туман ҳокимига мурожаат юбориш
Сизга Хонқа туман ҳокимига электрон имзодан фойдаланмаган ҳолда бевосита электрон тарзда мурожаатларни юбориш имкониятини тақдим этади. Сизнинг мурожаатингизга тез кунда жавоб берилади.