+998623991673
Хонқа тумани. Хонқа шаҳарчаси Халқлар дўстлиги кўчаси 30 уй, 220800
Bugun tuman hokimi Murodbek Davlatov “Shirin” mahallasida bo‘lib, bir...
Май 08, 2023 Xo'janiyazov Shohrux 48

Bugun tuman hokimi Murodbek Davlatov “Shirin” mahallasida bo‘lib, bir guruh fuqarolarning murojaatlarini tingladi.

Sayyor qabul davomida tadbirkorlik, qishloq xo‘jaligi texnikalarini olish maqsadida imtiyozli kredit ajratilishi, tibbiyot masalalari yuzasidan murojaatlar bildirildi.

 

Barcha murojaatlarning ijobiy yechimi yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

 

Taʼkidlash kerakki Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan yangilangan mahalla tizimi - fuqarolar murojaatlarni mahallaning o‘zida yechimini topishga imkon yaratmoqda.

 

“Shirin” mahallasiga tashrif davomida tuman rahbari bir nechta xonadonlarda bo‘lib, mahalla ahli bilan muloqotlar olib bordi.

 

Bilamiz, olajaliklar asosan o‘z tomorqasida dehqonchilik qilib, nafaqat ichki bozorni balki, yondosh tuman aholisi dasturxonini ham turli sabzavotlar bilan taʼminlab kelishadi.

 

Ushbu tashabbusni inobatga olib, o‘tgan 2022- yil davomida mahalladagi 180 nafar ishsiz fuqarolarga 20 sotixdan 36 gektar yer maydonlari 10 yil muddatga ijaraga berildi.

 

Joriy yilda ham 54 nafar fuqarolarga oilaviy dehqonchilik bilan shug‘ullanishlari uchun 20 gektardan ziyod unumdor yerlar ajratildi

 


Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK
Оммабоб янгиликлар

Хонқа туман ҳокимига мурожаат юбориш
Сизга Хонқа туман ҳокимига электрон имзодан фойдаланмаган ҳолда бевосита электрон тарзда мурожаатларни юбориш имкониятини тақдим этади. Сизнинг мурожаатингизга тез кунда жавоб берилади.