Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi

 2024-04-02 07:08:00 68 Chop etish

Bugun tuman hokimi Murodbek Davlatov hamda Respublika Asaka bank boshqaruv raisi Qudratulla To‘laganovning tadbirkorlar bilan uchrashuvi o‘tkazildi

Unda tumanimiz tadbirkorlari o‘zlarining takliflari, faoliyatlarini yana-da rivojlantirishga to‘siq bo‘lib turgan muammoli masalalar yuzasidan murojaat qildilar.

 

 Murojaatlar asosan yangi loyihalar, biznes faoliyatni yana-da kengaytirish uchun bank kreditlari olish, yer munosabatlari va kadastr xizmati bilan bog‘liq muammolar xususida bo‘ldi.

 

 Barcha masalalar tegishli soha masʼullari ishtirokida o‘rganilib, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, amaliy yordam ko‘rsatish chora-tadbirlari belgilandi.

 

Eʼtiborli jihati, biznes vakillari bilan bunday doimiy muloqotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, hududlarning eksport imkoniyatlarini kengaytirishda muhim omil bo‘lmoqda.