Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi

 2023-02-27 10:05:00 302 Chop etish

Chin yetim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga xonadon kalitlari topshirildi.

Davlatimiz rahbari topshirig‘i, hukumat qaroriga ko‘ra chin yetim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga turar joylar berish amaliyoti boshlandi. 

 

 

Bunday toifadagi yoshlarga 18 yoshga to‘lganida ko‘p kvartirali uylardan kvartira ajratish ko‘zda tutilgan.

 

 

Bugun Xonqa tumanida shunday yoshlarning ikki nafari Allaberganova Mohira hamda Sotimvoyev G'anijonlarga yangi kvartira egasi haqidagi order va xonadon kalitlari topshirildi.

 

 

Ushbu xayrli tadbirda tuman hokimi Murodbek Davlatov ishtirok etib, uy egalari va mahalla ahli bilan suhbatlashdi.

 

 

“Har kim o‘z shaxsiy uyi bo‘lishini xohlaydi. Biz ukam bilan buni orzu qilardik. Orzularimizni amalga oshirgan Prezidentimizga mingdan-ming rahmat! Bu otalarcha mehrni Vatanimizga xizmatimiz bilan qaytaramiz!”

 

 

Ushbu minnatdorlik so‘zlarini yangi xonadon egasi bo‘lgan G‘anijon ko‘zida quvonch yoshi bilan bildirdi.