Davlatov Ulug‘bek Jumaniyozovich | xonqahokimiyat.uz
Davlatov Ulug‘bek Jumaniyozovich
2025 yil 18 martdan:
Xonqa tumani hokimi
Tug‘ilgan yili: Tug‘ilgan joyi:
15.09.1975 Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani
Millati: Partiyaviyligi:
o‘zbek O‘zbekiston Liberal Demokratik partiyasi
Ma’lumoti: Tamomlagan:
oliy 1997 yil Toshkent avtomobil yo‘llari instituti,
2011 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi
Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi: muhandis-iqtisodchi, bozor iqtisodiyoti asoslari
Ilmiy darajasi: Ilmiy unvoni:
yo‘q yo‘q
Qaysi chet tillarini biladi:
rus tili
Davlat mukofotlari bilan taqdirlanganmi (qanaqa):
yo‘q
Xalq deputatlari, viloyat, shahar va tuman Kengashi deputatimi yoki boshqa saylanadigan organlarning a’zosimi (to‘liq ko‘rsatilishi lozim):
yo‘q
MEHNAT FAOLIYaTI
1997-2011 yy. - Bog‘ot tumani davlat soliq inspeksiyasi davlat soliq katta inspektori
2011-2014 yy. - Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasi Nazorat tartibidagi va qisqa muddatli tekshirishlarni tashkil etish sho‘basi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi,
2014-2015 yy. - Hazorasp tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i
2015-2015 yy. - Urganch shahar davlat soliq inspeksiyasi davlat soliq bosh inspektori-taftishchisi
2015-2016 yy. - Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasi davlat soliq bosh inspektori
2016-2017 yy. - Urganch shahar davlat soliq inspeksiyasi yuridik shaxslarga soliq solish bo‘limi boshlig‘i
2017-2017 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasi Xorazm viloyati bo‘limi boshlig‘i
2017-2018 yy. - Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasi Bozorlar va savdo komplekslarini nazorat qilish sho‘basi boshlig‘i
2018-2019 yy. - Gurlan tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i
2019-2020 yy. - Gurlan tumani hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari
2020-2024 yy. - Gurlan tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari - iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i
2024 y. - 2025 yy. - Yangibozor tumani hokimining moliya iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari ‒ tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i
2025 y - h.v - Xonqa tumani hokimi