Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi

 2024-07-23 09:45:00 67 Chop etish

 

 

Tumanda 2025-yil g‘alla hosilidan Original, elita va keyingi avlodlarga mansub boshoqli don urug‘chiligi bilan shug‘ullanishni istagini bildirgan Tomadurgadik, Amudaryo, Namuna va Olaja hududlaridagi sub’ektlar rahbarlari diqqatiga!

 

                O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 12 oktabrdagi “Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligiga oid ayrim normativ-xuquqiy xujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 641-sonli qarori asosida “Original, elita va keyingi avlodlarga mansub urug‘lik paxta xom-ashyosi va boshoqli don ekinlari yetishtirish xuquqiga ega bo‘lish uchun fermer xo‘jaliklari  va boshqa qishloq xo‘jaligi tashkilotlari o‘rtasida tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi  Nizomga asosan 2025 yil g‘alla hosilidan original, elita va keyingi avlodlarga mansub boshoqli don urug‘larini yetishtirish huquqini qo‘lga kiritish istagini bildirgan va imkoniyati mavjud fermer xo‘jaliklari o‘rtasida tanlovi o‘tkaziladi. Tanlovda ishtirok etishni hohlovchi fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi yerlardan foydalanuvchi korxona va tashkilotlar rahbarlari 2024 yilning 22 iyulidan 22 avgustigacha tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limiga ariza bilan murojaat qilishlarini bildiramiz.

                Ariza va hujjatlarni qabul qilish  2024 yil 23 avgustdan to‘xtatiladi, fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi yerlardan foydalanuvchi korxona va tashkilotlar o‘rtasida o‘tkaziladigan tanlov Xonqa tumani qishloq xo‘jaligi binosida 2024 yilning 24 avgust kuniga belgilandi.

 

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:  39 91 174 va 97 791 23 64  telefon raqamlariga

murojaat qilishingiz mumkin.