Faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar va tashkilotlarning iqtisodiy faoliyat turlari | xonqahokimiyat.uz
Korxonalar va tashkilotlarning umumiy sonida faoliyat ko‘rsatayotgan sub’ektlarning ulushi
84,6 % ni, shu bilan birga faoliyat ko‘rsatmayotganlarning ulushi 15,4 % ni tashkil etganligini
ko‘rsatmoqda.
2023- yil 1- aprel holatiga 1781 ta tijorat shaklidagi korxonalar
va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, shundan xususiy korxonalar –
495 ta, oilaviy korxonalar –509 ta, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar –765 va 12 tani boshqa tijorat
korxonalari tashkil etadi.
2023- yilning yanvar-mart oylarida jami 76 ta yangi tijorat korxonalar va tashkilotlari ro‘yxatga
olingan bo‘lib, yoki 2022- yilning shu davriga nisbatan 47 taga kamaygan.
Ta’kidlash joizki, mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan yuridik shaxslar-xo‘jalik yurituvchi
sub’ektlarning tashkiliy huquqiy shakllari bo‘yicha asosiy qismi mas’uliyati cheklangan
jamiyatlari xissasiga to‘g‘ri keladi. Bu ko‘rsatkichlar yildan yilga o‘sib bormoqda va bu
ma’lumotlarni statistik raqamlarda kuzatish mumkin.
Misol tariqasida:
2019-2023 yil shu davr mobaynida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni
(fermer va dexqon xo‘jaliklarsiz) 1043 dan 1781 taga yoki 1,7 marta ko‘paygan.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha yangi tashkil etilgan korxonalar
va tashkilotlarning katta ulushi savdoda 29,0 %, sanoatda 15,8 %, qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida
15,8 % ni tashkil etad