Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi
Tuman hokimi M. Davlatov Xonqa pedagogika kollejida “Fidoiylar” mahallasi fuqarolari bilan uchrashdi va murojaatlarini tinglab, tegishli mutasaddilarga ijrosi yuzasidan topshiriqlar berdi.
Shuningdek, mahalla ahlini qiynab kelayotgan muammolar, xususan, ichimlik suvi ta’minotidagi uzulishlar, piyodalar yo‘lakchalari shu va shu kabi boshqa murojaatlar joyiga chiqib o‘rganildi.
Tuman hokimi mahalla ko‘chalarida fuqarolar bilan yayov yurib, bir nechta xonadonlarda ham bo‘ldi. Mavjud muammoli vaziyatlar bilan yaqindan tanishib, xonadon egalari bilan fikir almashdi
Fuqarolar tomonidan bildirilgan ichimlik suvi ta’minotidagi kamchiliklar joyida bartaraf qilinib, piyodalar yo‘lakchalarini barpo etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va amalga oshirish choralarini ko‘rish bo‘yicha soha vakillariga topshiriqlar berildi.