Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi

 2022-10-03 07:20:00 284 Chop etish

G‘alaba muborak

Xonqa tumanida 10 ming 514 gektar yer maydoniga chigit ekilgan bo‘lib, bugun mirishkorlarimiz tomonidan mo‘l hosil yetishtirildi.

 

Tumanning “Sultonboy-Xonimjon” fermer xo‘jaligi tomonidan 54 gektar yer maydonida urug‘lik paxta yetishtirildi. Tajribali fermer Egamberdi aka boshchiligidagi xo‘jalik aʼzolari 207 tonna paxta xom ashyosi topshirib, birinchi terimni o‘zidayoq rejani oshig‘i bilan bajarishdi.

 

Shuni alohida aytish joizki birinchi terimdanoq 43 sentnerdan hosil yetishtirilgani, agrotextik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli olib borilganidan dalolat.

 

Tuman hokimi Murodbek Davlatov paxta dalasida mehnat qilayotgan kun qahramonlari bilan uchrashib, ularga kuch-quvvat tiladi

 

Ayni damda fermer xo‘jaligi paxta dalalarida esa hosil mo‘l, yig‘im-terim ishlari qizg‘in davom etmoqda.