Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi

 2023-10-30 08:40:00 294 Chop etish

Hududlarda aholi bandligini taʼminlashga doir olib borilayotgan ishlar

Xonqa va Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmatlari tomonidan “Hududlarda aholi bandligini taʼminlashga doir olib borilayotgan ishlar" yuzasidan press- tur tashkil etildi.

 

Unda OAV vakillari Bog‘ot tumani hududida joylashgan “XORAZM TEX” masʼuliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

 

 Ushbu korxonaga chet el (Shveysariya, Italiya, Yaponiya) davlatlaridan ishlab chiqarish dastgohlari va laboratoriya asbob uskunalari keltirilgan bo‘lib, 2019-yil noyabr oyidan mahsulot ishlab chiqarila boshlagan.

 

 Dastlab korxonada 400 ta ish o‘rni yaratilgan bo‘lsa, hozirda, ming nafardan ziyod ishchi-xizmatchilar 3 smenada  ishlab kelmoqda. Shundan xonqalik xodimlar 320 nafarni tashkil qiladi. 

 

Shuningdek,o‘tgan ikki yil davomida Xonqa tumanida korxona qoshida kuniga 150 tonna chigitni qayta ishlash va qo‘shimcha 5 turdagi; yog‘, shulxa – shrot, sovun mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi, 300 nafar chevar qizlarni ish bilan band qilish quvvatiga ega bo‘lgan tikuvchilik hamda to‘qimachilik fabrikalari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

 

Press-tur ishtirokchilari loyihalarning faoliyati, mahsulotlarning laboratoriya jarayonlari hamda ishchi xodimlarga yaratilgan sharoitlar yuzasidan batafsil maʼlumotga ega bo‘lishdi.