Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi

 2023-09-30 05:14:00 254 Chop etish

Ijtimoiy  tarmoqlarda  3 gektar issiqxona boshqa fuqaro tomonidan buzib sotib yuborilganligi yuzasidan murojaat tarqaldi.

Bu yuzadan quyidagilarni maʼlum qilamiz

Video lavhadagi maydon  davlatimiz rahbarining 2018 yil 11 oktyabridagi “Davlat mulki obyektlarini va yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni tadbirkorlik subyektlariga sotish tartibini soddalashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga asosan “INTER KARAVAN” MCHJ Rossiya-O‘zbekiston qo‘shma korxonasiga “Issiqxona va logistika markazi” qurilishiga ajratilgan 

Ichki bozor hamda eksport hajmini oshirishga xizmat qilishi lozim bo‘lgan ushbu loyiha o‘tgan davr mobaynida ishga tushirilmagan.

 

Bundan tashqari loyiha tashabbuskorlari bo‘lgan D.Davletov hamda O.Zaripovlar o‘rtasida o‘zaro nizolar yuzaga kela boshlaydi va ushbu loyiha yo‘qqa chiqadi.

 Ayni damda loyiha maydonining bir qismi tuman zaxirasiga olingan bo‘lib, issiqxonadan bo‘shatilgan 3 gektar maydon  “INTER KARAVAN” MCHJ  rahbariyati tomonidan sholi ekilib foydalanib kelinmoqda.