Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi

 2024-10-25 06:30:00 23 Chop etish

Ijtimoiy tamoqlarda Xonqa tumanida yer maydoni ajratilishi bo‘yicha murojaaat tarqaldi. 

Unda qurilish ishlari noqonuniy tartibda boshlangani, yer maydonini hududdagi fuqarolarga ajratilishi va bolalar maydonchasi qurilishi so‘raladi. 

Ushbu maydon aslida, Davlat rahbarining 2020 yil 18 fevraldagi 4602-sonli qaroriga asosan, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida “URGANCH SMART PARTNER QURILISH” MCHJga ajratilgan.

Yaʼni mazkur tashkilot “Olchin” MFY binosi qurish sharti asosida, Vatanparvar mahallasi hududida savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish belgilangan.

Bugungi kunda loyihaning qurilish osti maydoni kollektor sohil bo‘yi mintaqasiga kirmasligi yuzasidan tegishli tashkilotlarning xulosalari olingan bo‘lib,   ajratilgan maydon Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan xususiylashtirgan.