Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi
RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda “Open budgetdan yutilgan yo‘lning ahvoli” sarlavhasi ostida murojaat tarqaldi.
Unda Xonqa tumani “Navro‘z” mahallasiga olib boruvchi yo‘lga sifatsiz asfalt yotqizilgani keltiriladi
Ushbu yo‘l tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga karashli bo‘lib, open budget II- mavsumida mahalla ahli tashabbusi bilan 1.5 kilometr qismini taʼmirlash loyihasi g‘olib bo‘lgan.
Shundan so‘ng taʼmirlash ishlari “Xorazm Elita Construction” MCHJ tomonidan boshlab yuborilgan. Ayni damda qurilish va taʼmirlash ishlarni yakunlanmagan. Yo‘lning sifatsiz bajarilgan qismida esa qayta qurish va yangilash ishlari olib boriladi.
Qurilish ishlari yakunlangandan keyin mutasaddi va jamoatchilik vakillaridan iborat ishchi guruh tomonidan sifat darajasi o‘rganiladi, shundan so‘ng mazkur obyekt foydalanishga qabul qilinishini maʼlum qilamiz
Maʼlumot o‘rnida: Open budget loyihasi doirasida 2024- yil I- mavsum davomida fuqarolarning takliflari asosida 5 ta mahallada 8 kilometrdan ziyod ichki yo‘llarga asfalt yotqizilgan. II- mavsumda g‘olib bo‘lgan 6 ta mahallada 10 kilometrga yaqin ichki yo‘llarga asfalt yotqizish belgilangan.