Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi

 2023-02-03 05:57:00 360 Chop etish

Ijtimoiy tarmoqlarda “Samandarov Nazar ota” fermer xo‘jaligining ekin maydonlari tortib olinganligi yuzasidan tarqalgan video murojaat yuzasidan

Rasmiy munosabat

 

2019-yilning 26 sentabr sanasida tuman hokimining № 3746q- sonli qaroriga asosan Qirqyop qishlog‘i Xonqaobod hududidan baliqchilik yo‘nalishida tashkil qilingan “Samandarov Nazar ota” fermer xo‘jaligiga 65.5 gektar ekin yer maydoni 49 yil muddatga ijaraga ajratib berilgan.

2020-2021 yillarda rejalashtirilgan ekinlar hamda amalda ekilgan ekin turlari o‘rganilib, tahlil qilindi.

 Unga ko‘ra 2020 yil hosili uchun 50.0 gektar sholi, 15.5 gektar ozuqa ekinlari ekilishi rejalashtirilgan,  amalda 65.1 gektar, yaʼni rejadan 15.1 gektar ortiqcha sholi ekilgan. Shunga qaramasdan sholi mahsulotlari topshirish bo‘yicha shartnoma atigi 41.4 foizga bajarilgan.  Bundan tashqari rejadagi 15.5 gektar ozuqa ekinlari umuman ekilmagan va fermer xo‘jaligiga qarashli 0.4 gektar ekin yer maydoni qarovsiz qoldirilgan.

2021-yilda 49 gektar sholi, 12,8 gektar dukkakli, 3,7 gektar ozuqa ekinlari ekilishi rejalashtirilgan bo‘lsa amalda esa rejadan 19.8 gektar kam ekilgan, qolgan dukkakli hamda ozuqa ekinlari umuman ekilmagan.

Bundan ham achinarlisi fermer xo‘jaligi tomonidan 36.3 gektar ekin yer maydonlari ekin ekilmasdan qarovsiz qoldirilgan.

O‘z navbatida 2021 yil hosili uchun ekilgan 29.2 gektar sholi maydonlaridan sholi topshirish bo‘yicha shartnoma qilinmagan va sholi topshirilmagan.

2022 yil 22 martda "Samandarov Nazar ota" fermer xo‘jaligi rahbari  Samandarov Nazarning viloyat hokimi nomiga ixtiyoriy arizasi bilan fermer xo‘jaligi yer maydonlari tuman hokimligi zaxirasiga qaytarib olingan.

Shundan keyin belgilangan tartib asosida yer maydonlari ochiq elektron tanlovga chiqarilgan va tanlovda “Xorazm Tex” MCHJ tomonidan yutib olingan.