Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi

 2023-11-25 09:45:00 97 Chop etish

 

Ijtimoiy tarmoqlarda “Xonqa tumanida ko‘prik avariya holatida” sarlavhasi ostida Amudaryo qishlog‘i Tayanch hamda Moshto‘g‘ay mahallalariga kirish qismidagi ko‘prikning nosozligi keltiriladi.

Ushbu ko‘prik 1972 yilda qurilgan bo‘lib, uzunligi 26 metr, umumiy kengligi 8.6 metrni tashkil qiladi.

2019-yil bahorgi ko‘rikda ko‘prikning tayanch ustunlari tabiiy erroziya tufayli nuray boshlagani va yoriqlar yuzaga kelib, ko‘prik avariya holatida deb topilgan. 2021- yilda joriy taʼmirlash ishlari olib borilganiga qaramasdan bugungi kunda qayta taʼmirtalab ahvoliga kelib qolgan.

Tuman hokimligi tomonidan Xorazm avtomobil yo‘llar bosh boshqarmasi va Xorazm ko‘priklardan foydalanish korxonasiga holat yuzasidan takliflar kiritilganligini maʼlum qilamiz.  

   Ayni damda esa vaqtincha harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida ko‘prikning qatnov qismi qisman cheklab qo‘yildi  va zaruriy yo‘l belgilari bilan jihozlandi