Ijtimoiy tarmoqlarda “Xonqa tumanida paxta mavsumi boshlanishi bilan fermerlar nimadan norozi bo‘lmoqda” sarlavhasi ostida murojaat tarqaldi | xonqahokimiyat.uz

 2022-10-01 04:01:00 810 Chop etish

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Xonqa tumanida paxta mavsumi boshlanishi bilan fermerlar nimadan norozi bo‘lmoqda” sarlavhasi ostida murojaat tarqaldi

Unda tumanda faoliyat olib borayotgan “Xorazm TEX” MCHJ klasterlari tomonidan paxta xomashyosini qabul qilishda laboratoriya jarayonlari noto‘g‘ri olib borilayotganligi tanqid qilinadi.

Mazkur murojaat yuzasidan soha mutasaddilari tomonidan alohida ishchi guruh tuzildi va o‘rganish ishlarini olib bordi.

O‘rganishlar davomida hosilni “Xorazm TEX” MCHJ klasterlari paxta xom ashyosini iflosligi va namligini aniqlashda zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda sof (fizik) vazn bilan konditsion vazn o‘rtasidagi farqlarning haqqoniyligi va chegirmalarning adolatli tarzda davlat standartiga muvofiq tarzda olib borlayotganligi aniqlandi.