Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi
Ijtimoiy tarmoqlarda "Xonqadagi ko‘prik Xalq uchunmi yoki sholi quritish uchunmi" sarlavhasi ostida murojaat tarqaldi.
Tuman hokimligining rasmiy sahifalarida bu yuzasidan xabar qoldirilgan bo‘lsada qayta eslatib o‘tishni joiz bildik
Davlat ahamiyatdagi 4r156 “Urganch - Xonqa - Hazorasp yo‘lining “Polvon” kanali ustidan o‘tuvchi yondosh ko‘prikning Uzunligi 70 metr bo‘lgan mazkur ko‘prik 1962- yilda qurilgan va Bog‘ot, Hazorasp, Tuproqqalʼa tumanlari bog‘lovchi ko‘prik hisoblanadi
Hozirda ko‘prikning bir qismi avariya holatiga kelib qolganligi sababli yo‘lovchilar xavfsizligini taʼminlash maqsadida yopilgan va taʼmirlash hamda qayta qurish bo‘yicha takliflar kiritilgan
Ayni damda shu hududda yashovchi bir guruh fuqarolar yetishtirilgan hosilni o‘zboshimchalik bilan mazkur ko‘prikda quritib olayotganlari turli eʼtirozlarga sabab bo‘ldi.
Mutasaddi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan holat o‘rganildi va ko‘prikning yopiq turgan qismiga bir guruh fuqarolar, 1983-yilda tug‘ilgan I. M, 1966- yilda tug‘ilgan M. E hamda 1986- yilda tug‘ilgan M. R isimli shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rilib, jarimaga tortildi.