Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi

 2023-02-22 09:22:00 737 Chop etish

Ijtimoiy tarmoqlarda Shaxnoza Shermetova rahbarligidagi “Jirmizli G‘ayrat” fermer xo‘jaligi yerlari olib qo‘yilgani bo‘yicha video murojaat tarqaldi

 

Ushbu holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz

Tuman hokimining qaroriga asosan 2019-yilda Paxta g‘alla yo‘nalishidagi “Jirmizli G‘ayrat” fermer ho‘jaligiga 32 gektar yer maydoni ajratib beriladi.  

Shu yilning o‘zida rejadagi ekilishi lozim bo‘lgan 16.5 gektar paxta 4.5 gektarga kam ekilgan va qolgan ekin maydonlariga o‘zboshimchalik bilan rejada belgilanmagan mahsulotlar ekilgan.

2020 yilda ham bu holat takrorlangan va ajratilgan yerning katta qismiga rejada belgilanmagan ekinlar ekilgan.

2021- yilda rejadagi 6.1 gektar o‘rniga 14.1 gektar g‘alla ekilgan bo‘lsa tayyorlov tashkilotlari bilan umuman shartnomalar tuzilmagan. 11.2 gektar maydonga ekilgan paxta rejasi esa bor yo‘g‘i 54.6 foizga bajarilgan holos. Qolgan 18.4 gektar maydondan esa har doimgidek o‘zboshimchalik bilan foydalanilib kelingan.

Bundan tashqari fermer xo‘jaligi tomonidan o‘zboshimchalik bilan ekin maylarida noqonuniy qurilmalar, 1700 kv metr maydonda sunʼiy ko‘l va 1.8 gektar bog‘ tashkil etilgan.  Murojaatchi Sh. Shermetova xam tarqalgan video lavhada buni taʼkidlab o‘tganini ko‘rish mumkin.  (https://youtu.be/bV8im82gCL4)

Tegishli tashkilotlar tomonidan bir necha bor ogohlantirishlarga qaramasdan yuqoridagi kamchiliklar bartaraf etilmagan. Aksincha o‘tgan davr mobaynida xalqimiz boyligi va rizqi bo‘lgan ekin maydonlaridan o‘z nafsi hamda manfaati yo‘lida foydalanib kelgan.

 2022-yilning 7-iyul sanasida O‘zbekiston Respublikasi “Yer kodeksi”ning 36-moddasini nazarda tutgan holda yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni bekor qilinishi yuzasidan Urganch tumanlararo iqtisodiy sudi hal qiluv qarorini chiqaradi yaʼni Xonqa tuman hokimligi va “Jirmizli G‘ayrat” fermer xo‘jaligi o‘rtasida tuzilgan uzoq muddatga tuzilgan shartnoma bekor bo‘lganligini maʼlum qilamiz.