Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi

 2024-09-07 11:11:00 118 Chop etish

Ijtimoiy tarmoqlarda Xonqa ko‘chasining bugungi ahvoli yuzasidan murojaat tarqaldi

 

Unda taʼmirlash ishlari chala tashlab qo‘yilganligi ayrim joylardan yurib bo‘lmasligi keltiriladi

 

Mazkur ko‘cha  tuman markazidan aylanma yo‘l hisoblanib, Barkamollik, Gulg‘uncha, Ezgulik, Bunyodkor, Mahorat, Mangulik va Yosh kuch mahallalarni kesib o‘tadi

 

2021-yilning 2 - dekabr sanasida taʼmirlash ishlari start olgan va dastur doirasida yo‘l qatlami qayta qurilib asfalt yotqizilishi, piyodalar yo‘lakchasi hamda tungi chiroqlar o‘rnatilishi belgilangan 

 

2022-yilda birinchi bosqich ishlari olib borilgan va 2 kilometr yo‘lning asosi qayta qurilgan va asfaltobeton yotqizilgan. 

 

Hozirda yana 1.1 kilometr qismida yo‘l asosini qurish ishlari amalga oshirilib, asfaltobeton yotqizishga tayyorlash ishlari olib borilgan. Qolgan 2.1 kilometr qismida hech qanday taʼmirlash ishlari bajarilmagan, hamda 0-5 kilometr qismida 2-qatlam asfaltobeton va piyodalar yo‘lakcha, tungi chiroqlar o‘rnatilmagan.

 

2024-yilning 28 may sanasida tuzilgan qo‘shimcha kelishuv shartnomasiga asosan 2025- yil yakuniga qadar qurilish ishlari tuliq tugatilib foydalanishga topshirish belgilangan.