+998623991673
Хонқа тумани. Хонқа шаҳарчаси Халқлар дўстлиги кўчаси 30 уй, 220800
Ijtimoiy tarmoqlarda Xonqa tumani “Obod” mahallasi Xonqaobod massiviga...
Январь 07, 2023 Xo'janiyazov Shohrux 163

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Xonqa tumani “Obod” mahallasi Xonqaobod massiviga olib boruvchi yo‘llarning holati yomonligi yuzasidan videolavha tarqaldi.

Tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi balansida 205 kilometr yo‘l mavjud bo‘lib, hozirda shundan 111 kilometr qismi taʼmirtalab holatda.

O‘tgan ikki yil mobaynida hududdagi aholiga qulaylik yaratish maqsadida mahallada 20 kilometr tuproq yo‘llarga yangidan asos qilinib SHPS yotqizildi va 7 kilometr ichki yo‘llarga asfalt yotqizilib, joriy taʼmirlash ishlari olib borildi.

Shuningdek, mahalla yoshlarini maktabga qatnashlari uchun maktabga olib boruvchi yo‘l asfaltlashtirib, piyodalar yo‘lagi barpo etildi va zamonaviy tungi chiroqlar o‘rnatildi.

Video lavhada keltirilgan mahalliy ahamiyatidagi 4k963 Xonqa sh.- Xonqaobod q. - Al Xorazmiy q.- Amudaryo avtomabil yo‘li hisoblanib, uzunligi 18 kilometrni tashkil etadi.

2022 – yilda mazkur yo‘lga Open budget loyihasi doirasida ko‘plab fuqarolar tomonidan maʼqullangan qismiga asfalt yotqizish ishlari olib borilib, ko‘priklar kapital taʼmir.

Hozirda ushbu yo‘lning 4-18-kilometr oralig‘i taʼmirtalab holatdaligini va bu boradagi ishlar belgilangan dasturlar asosida amalga oshilishi bo‘yicha takliflar kiritilganlinini maʼlim qilamiz.



Xonqa tumani hokimligi axborot xizmati


Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK
Оммабоб янгиликлар

Хонқа туман ҳокимига мурожаат юбориш
Сизга Хонқа туман ҳокимига электрон имзодан фойдаланмаган ҳолда бевосита электрон тарзда мурожаатларни юбориш имкониятини тақдим этади. Сизнинг мурожаатингизга тез кунда жавоб берилади.