Qadimiy anʼanalarimiz va madaniyatimiz yillar davomida sayqallanib millatning ko‘zgusiga aylangan.

Yoshlarimizda Vatanimizning mustaqilligi va ravnag‘i yo‘lida fidokorona kurashgan milliy qahramonlarimiz bilan faxrlanish, ularga munosib bo‘lish hamda madaniy immuniteitni shakllantirish eʼtiborga sazovor masaladir

Bu borada Xonqa tumanida ham bir qancha loyihalar amalga oshirilmoqda

Xususan, tumandagi davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilari uchun Madaniyat bo‘limida faoliyat yuritayotgan “Qo‘g‘irchoq teatri” jamoasi tomonidan ajoyib spektakl va sahnalashtirilgan dasturlar namoyish etilmoqda.