Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi

 2023-06-02 06:30:00 256 Chop etish

Jinoyat ishlariga oid sud tizimidagi yangiliklar

Darhaqiqat, O‘zbekistonda 2016 yilning ikkinchi yarmidan boshlab yangi siyosiy-huquqiy islohotlar yo‘lga qo‘yildi. Ijtimoiy, huquqiy, demokratik va dunyoviy davlatchilik yo‘lidagi yangi bosqich sifatida ayni jarayonda inson qadri, manfaati uchun xizmat qiladigan islohotlar ustuvor vazifaga aylandi. Bu, o‘z navbatida, davlatimiz hozirgi o‘ta qiyin sharoitda xalqaro munosabat sub’yektiga aylanishi, o‘z hududiy yaxlitligi, suverenitetini himoyalashning zamonaviy mexanizmiga ega bo‘lishini ta’minladi. Ayniqsa sud-huquq sohasidagi islohotlar mutlaq zamonaviy mezon asosida, jumladan, odil sudlovda ochiqlik, jamoatchilik mexanizmi qo‘llanishi, sud hukmi qabul qilinishida insonparvarlik tamoyili namoyon  bo‘lishi ko‘rinishida siyosiy-huquqiy siyosatning kun tartibiga aylanib, tobora muntazamlik kasb etmoqda.
Odil sudlov natijasida insonning huquqi va erkinligi himoyasi ta’minlanmokda. Xususan, sudlanuvchi tomonidan qonun buzilishi holatiga yo‘l qo‘yilgani to‘liq isbotlanib, muayyan muddatga ozodlikdan mahrum qilinishi muqarrar bir holatda yangi qonunchiligimizning insonparvarlik tamoyiliga ustunlik berildi.
Siyosiy-huquqiy tahlil natijasi shuni ko‘rsatadiki, davlatimiz raxbarining asosiy diqqati sud faoliyatini taakomlashtirishga qaratilgan. Zero, inson taqdiri ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha sohalari o‘zaro bog‘liqligi, ya’ni tizimli faoliyat yuritishiga bevosita daxldor masala. Mamlakatimizning 2022-2026 yillar uchun mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasida sud jarayonida tomonlarning haqiqiy tenglik va tortishuv tamoyilini ro‘yobga chiqarish, fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining odil sudlovga erishish darajasini oshirish maqsadi ham belgilangan.
Bu borada O‘zbekiston Prezidentining 2022 yil 14 noyabr kuni odil sudlovni ta’minlash borasidagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda keltirgan ma’lumotlari, fikr-mulohazalari konseptual-strategik ahamiyatga ega. 2016 yildan buyon sud mustaqilligini mustahkamlash, jinoiy ishlarni ko‘rishda xolislik, adolat va qonuniylikni ta’minlash maqsadida siyosiy huquqiy islohotning so‘nggi olti yilida tizimga oid 50 dan ortiq qonun, farmon va qaror qabul qilindi. Shu davrda nohaq ayblangan to‘rt ming kishiga oqlov hukmi chiqarildi, 26 mingdan ziyod shaxs sud zalidan ozod qilindi, 47 ming fuqaroga nisbatan tergovda qo‘yilgan moddalar ayblovdan chiqarildi.
Shu bois Prezident yig‘ilishda sudlarda tortishuv muhitini shakllantirish, huquq-tartibot idoralari ishini takomillashtirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma berdi. Davlat rahbari tahliliga ko‘ra, har yili o‘rtacha bir million besh yuz ming aholi sudga murojaat qilmoqda. Yil boshidan viloyat sudi qabul qilgan qarordan norozi 18 ming fuqaro Oliy sudga murojaat qilgan.
Sudda ishni ko‘rish chog‘ida advokat o‘rni sezilmayapti, ayrim hollarda tergov past darajada olib borilgani e’tiroz keltirib chiqarmoqda.
Islohotlarda sud jarayoniga aralashuvning oldini olish maqsadida sudyalarning vakolat muddati uzaytirildi, maoshi keskin oshirildi. Sudyalarni lavozimga tayinlash Sudyalar oliy kengashiga o‘tkazilgani ham yangilik. 
Viloyat sudi mas’uliyatini oshirish, jinoyat ishini ayblov xulosasi va himoyachi fikri bilan birga qabul qilishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.
Sudyalar oliy maktabini tubdan isloh qilish, tuman va viloyat sudlari uchun mol-mulk, oila, soliq, mehnat munosabatiga ixtisoslashgan sudyalar tayyorlash muhimligi ta’kidlandi.
Sudyalar hamjamiyati vakolatini kuchaytirish, sudyalar sonini bosqichma-bosqich ko‘paytirish vazifasi qo‘yildi. Shuningdek, davlatimiz rahbari sohada raqamlashtirish ko‘lamini kengaytirib, axborot tizimini uyg‘unlashtirish, zamonaviy texnologiya orqali odamlarga qo‘shimcha qulaylik yaratish vazifasini qo‘ydi.
Ochiq sudda ayblovchilar, himoyachilarning o‘zaro keskin tortishuviga imkon berilgani yurtimizda olib borilayotgan “Hamma narsa inson uchun, inson qadri uchun” tamoyili, kechirimlilik siyosati namunasidir. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonida ham jinoyat, jinoyat-prosessual va jinoyat ijroiya qonunchiligini takomillashtirish siyosatini izchil davom ettirish, jazoni ijro etish tizimiga insonparvarlik tamoyilini keng joriy etish ko‘rsatib o‘tilgan. 
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan sud-huquq tizimidagi islohotlarning dastlabki natijasiyaqqol namoyon bo‘ldi. Endi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, yangi davrga mos yangi o‘zarishlarni amalga oshirish muhim vazifa bo‘lib qolmoqda.
Fikrimizcha, bu jarayon davlatchiligimiz qanday rivojlanganini ko‘rsatib, jamiyatimizni xalqaro miqyosda o‘ziga xos, jiddiy sinovdan o‘tkazdi. Gap shundaki, O‘zbekiston konstruktiv, ochiq siyosati tufayli mintaqaning ma’suliyatli davlati sifatida tan olinmoqda. Mamlakatimizda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar, voqealar xorijiy mamlakatlar tomonidan diqqat bilan kuzatib boriladi. 
Shuni alohida ta’kidlamoqchimizki, mazkur jarayon O‘zbekiston demokratik qadriyatlar asosida rivojlanib borayotganining amaldagi ifodasidir. Zamonaviy davlatchiligimizdagi bu yangi tendensiyani, ya’ni insonning qadri joyiga qo‘yiladigan, manfaati birinchi o‘rinda turadigan odil sudlov barqarorligini yanada mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etadi. Bu o‘z navbatida fuqarolarimizning g‘ururi va ma’suliyatini, davlatga ishonchini oshiradi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha 
Xonqa tumani sudi raisi                                                                         S.Hamroqulov