KO‘PRIK NEGA YOPILGAN | xonqahokimiyat.uz
Tuman hokimligining rasmiy sahifalarida bu yuzasidan xabar qoldirilgan bo‘lsada qayta eslatib o‘tishni joiz bildik
Davlat ahamiyatdagi 4r156 “Urganch - Xonqa - Hazorasp yo‘lining “Polvon” kanali ustidan o‘tuvchi yondosh ko‘prikning Uzunligi 70 metr bo‘lgan mazkur ko‘prik 1962- yilda qurilgan va Bog‘ot, Hazorasp tumanlarini bog‘lovchi ko‘prik hisoblanadi
Hozirda ko‘prikning bir qismi avariya holatiga kelib qolganligi sababli yo‘lovchilar xavfsizligini taʼminlash maqsadida yopilgan va taʼmirlash hamda qayta qurish bo‘yicha takliflar kiritilgan
Shu hududda yashovchi bir guruh fuqarolar yetishtirilgan hosilni o‘zboshimchalik bilan mazkur ko‘prikda quritib olayotganlari turli eʼtirozlarga sabab bo‘lib, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan 1983-yilda tug‘ilgan I. M, 1966- yilda tug‘ilgan M. E hamda 1986- yilda tug‘ilgan M. R larga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rildi.
Maʼlumot o‘rnida: Xonqa tumanida jami 144 ta ko‘prik mavjud bo‘lib, 59 tasi taʼmirtalab holatda.
Soha mutasaddilarining saʼy harakatlari bilan o‘tgan 4 yil davomida 20 ta ko‘prik taʼmirlanib, qayta qurildi.
Ayni damda Amudaryo hududidagi yana 2 ta ko‘prikda qayta qurish ishlari olib borilmoqda