KORXONALAR VA TASHKILOTLAR | xonqahokimiyat.uz
Barchamizga ma’lumki, Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish
tartibini tubdan takomillashtirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy
etish asosida ularning davlat organlari bilan o‘zaro munosabatlarida bevosita muloqot qilmaydigan
shakllaridan foydalanishni jadal rag‘batlantirilmoqda.
Bugungi kunda ushbu borada qonunchilikda muhim qarorlar qabul qilinib, tadbirkorlik
sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tartibini tubdan takomillashtirish bo‘yicha
chora-tadbirlar kompleksi ma’qullanib, ushbu chora-tadbirlarda tadbirkorlik sub’ektlarini davlat
ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishni avtomatlashtirilgan tizimi bosqichma-bosqich ishlab chiqilib
xayotga tadbiq qilinmoqda.
Amalga oshirilayotgan islohotlar va jamiyatimizda ro‘y berayotgan muhim o‘zgarishlar
tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan o‘z faoliyatlarini mustaqil boshlashiga va biznesini rivojlantirishiga
muhim poydevor bo‘ladi.
Bu o‘z navbatida, tadbirkorlarning va mamlakatimizga kirib kelayotgan investitsiyalarni yanada
ko‘payishiga va ayni damda qo‘shimcha ish o‘rinlarini vujudga kelishiga, fuqarolarning turmush
darajasini yanada oshirishiga xizmat qiladi.
Korxonalar va tashkilotlar yagona davlat registri ma’lumotlariga ko‘ra
2023- yilning 1- aprel holatiga ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar soni
(fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 2370 taga yetdi, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan
10,0 % oshgan va faoliyat ko‘rsatayotganlari soni esa 2004 tani tashkil qildi bu esa o‘tgan yilning shu
davriga nisbatan 26 taga yoki 1,3 % ga kamaygan.
IV. KORXONALAR VA TASHKILOTLAR
FAOLIYATINING UMUMIY TA’RIFI
Izoh tariqasida:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012- yil 25 sentabrdagi “Korxonalar
va tashkilotlarning yagona davlat registri to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 274-sonli
qaroriga muvofiq tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ tomonidan
taqdim etilgan bildirishnomaga asosan Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri
bazasi yuritiladi.
Ma’lumot tariqasida:
Oxirgi 5 yillikka e’tibor beradigan bo‘lsak, tumanimizda 2019- yillarda davlat ro‘yxatidan
o‘tgan tadbirkorlik sub’ektlar soni 1057 tani (fermer va dexqon xo‘jaliklarsiz) tashkil etgan bo‘lsa,
bugungi kun holatiga 2129 tani tashqil qilmoqda.
20 Xonqa tumanining asosiy statistik axborotnomasi
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ro‘yxatga olingan korxonalar
va tashkilotlarning asosiy qismi savdo (jami ro‘yxatga olingan yuridik
shaxslarning 31,3 %), sanoat (20,9 %), qurilish (7,0 %), qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi (17,1 %)
sohalariga to‘g‘ri keladi.