O‘rganishlar davomida asosiy eʼtibor markazida avariya holatga kelib qolgan maktabgacha taʼlim maskanlari bo‘ldi.
Bosh prokuror o‘rinbosari Respublika va viloyat mutasaddilaridan tuzilgan ishchi guruh hamrohligida ayni kunda faoliyati to‘xtatilgan 29 va 30-sonli maktabgacha taʼlim maskanlariga bordi.
Soha mutasaddilari bilan kechgan muhokamalardan so‘ng ushbu taʼlim maskanlarini 2025- yilgi investitsiya dasturlariga kiritish topshirig‘i berildi.