Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi
Ko‘prik qurilishi bo‘yicha rasmiy munosabat
“Xonqa Sh.- Yangiariq yo‘lidagi «Jirmizko‘l» kollektori ko‘prigi 1964 yilda qurilgan bo‘lib, tuman markazidan 5 km uzoqlikda joylashgan
Mazkur ko‘prik yillar davomidagi tabiiy eroziya natijasida avariya holatiga kelib qolgan, shu sababli ko‘prikning bir qismi yopib qo‘yilgan.
Ayni vaqtda taʼmirlash ishlari uchun takliflar bildirilgan va loyiha moliyalashtirilgandan keyin qurilish ishlari boshlanishini maʼlum qilamiz.
Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki bu kabi yo‘l va ko‘priklar qurilishiga katta mablag‘ talab etiladi va dasturlar asosida amalga oshiriladi. Ushbu jarayonlar qanday shakillanishini yaxshi bilgan ijtimoiy tarmoqdagi ayrim blok egalari esa faqat hokimlik vakillarini qoralab, obunachilarin ko‘paytirishdan nariga o‘tishmayapdi.
Maʼlumot o‘rnida : Xonqa tumanida jami 144 ta ko‘prik mavjud bo‘lib, 59 tasi taʼmirtalab holatda.
Soha mutasaddilarining saʼy harakatlari bilan o‘tgan 4 yil davomida 20 ta ko‘prik taʼmirlanib, qayta qurildi.
Ayni damda Amudaryo hududidagi yana 2 ta ko‘prikda qayta qurish ishlari olib borilmoqda va yil yakuniga qadar foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan