"Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda yangicha yondashuv yo‘lga qo‘yildi.
Davlatimiz rahbarining Farmon va Qarorlari bilan mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilandi.
Ayni shu maqsadda MFY larning moddiy texnik bazasini yaxshilashga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda,
Xususan kuni kecha bir guruh mahalla raislariga zamonaviy kompyuter jamlanmalari topshirildi.