Mahalla muammolarni chinakam hal qiladigan institutga aylanmoqda. | xonqahokimiyat.uz

 2025-05-24 01:45:00 54 Chop etish

Bugun barcha muammolarni mahallaning o‘zida hal etishga eʼtibor qaratilmoqda. Buning uchun mahallalarga ko‘plab vakolatlar, tashkiliy va moliyaviy imkoniyatlar berildi. Mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, ijtimoiy, bank va soliq xodimlari, profilaktika inspektoridan iborat jamoa shakillantirildi. Mahalla joylarda muammolarni chinakam hal qiladigan institutga aylanmoqda.

2025 yil boshida 44 ta mahallada 4 ming 140 nafar ishsiz bor edi.

Yaratib berilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, 2025 yilda 82 ta investitsiya loyihasi orqali 870 nafar ish o‘rni yaratildi, mikroloyihalar orqali 14 795 nafar, qishloq xo‘jaligi sohasida 6 239 nafar va qurilish sohasida 760 nafar ish o‘rni yaratilib, ishsiz aholining bandligi taʼminlanadi.

 

Joriy yilning 3 oyida 6 757 nafar aholi bandligi taʼminlandi,
reja 119 foizga bajarildi.

Bundan tashqari, migratsiyadan 3 256 nafar fuqaroni yurtga qaytarib, yuqori daromadli ish bilan taʼminlaymiz. Sizning kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy ximoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash siyosatingiz samara bermoqda.

Keyingi 3 yilda oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida tumanimizda 8 ming nafarga 230 mlrd so‘m kredit, 1 ming 210 nafarga 5 mlrd so‘m subsidiya, Ayollar, yoshlar va temir daftarlarga 14 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni taʼminlash maqsadida
6 700 nafarga 1 760 gektar yer ajratildi, natijada kambag‘allik darajasi
23,5 foizdan 14,5 foizga, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar 26 foizdan
9,8 foizga kamaydi.

Bugungi kunda “Kambag‘al oilalar reyestri”ga kiritilgan 5 123 ta oilalarga quyidagi yo‘nalishlar kesimida amaliy yordamlar ko‘rsatish natijasida tumanni kambag‘allikdan holi hududga aylantirish bo‘yicha rejalarimizni qilib olganmiz, xususan:

-         barqaror bandlik va yuqori daromad yo‘nalishida 6 163 ta xizmat;

-         taʼlim va kasb-hunarga o‘rgatish yo‘nalishida 4 203 ta xizmat;

-         kafolatlangan tibbiy xizmat yo‘nalishida 13 440 ta xizmat;

-         infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha 4 079 ta xizmat;

-         yashash sharoitini yaxshilash maqsadida 331 ta xizmat;

-         ijtimoiy xizmatlar yo‘nalishida 5 687 ta xizmatlar ko‘rsatiladi.

Hozirgacha 4 301 nafar aholi kambag‘allikdan chiqarildi.

400 ta oilaga 70 nafar tuman va 10 nafar viloyat rahbarlari biriktirildi.
1 701 ta individual reja belgilab olinib, 971 tasi amalga oshirildi.

 

Xonqa tumani hokimining birinchi o‘rinbosari

Kurbanov Eldor Ilxamovich