Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi

 2022-11-19 06:38:00 269 Chop etish

Mahallalar infratuzilmasini yana-da yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda viloyat ishchi guruhi vakillari sektor rahbarlari hamda tashkilot mutasaddilari ishtirok etdilar  

 

Yig‘ilish davomida davlatimiz rahbarining 2022-yil 25-oktabrdagi “mahallalar infratuzilmasini yana-da yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama etildi

 

Unga asosan tumanda ham ichki yo‘llar, ichimlik suvi, elektr energiyasi va gaz taʼminotini, taʼlim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport kabi infratuzilma obyektlarini yaxshilash belgilandi

 

Xususan, “Oydin hayot” mahallasidagi yaroqsiz holga kelib qolgan beton ko‘prik taʼmirlanadi, “ Olchin” mahallasidagi mustaqillik ko‘chasiga asfaltlanadi, shuningdek, “G‘ayrat, “Mangulik”, “Mustaqillik” mahallalaridagi 6.7 kilometr uzunlikdagi tuproq yo‘llarga SHPS yotqizish belgilangan.