Ayni kunda Xonqa tumanidagi bacha mahallalarda turli yo‘nalishlarda ishlar olib borilmoqda. Aksariyat mahallalardagi eng muhim muammolardan biri mavjud yo‘llarning o‘ta nosozligidir.
Ana shundan kelib chiqib, tumandagi 25 ta mahallalarining 21.1 kilometr uzunlikdagi nosoz va tuproq yo‘llari tekislanib, qum tosh aralashmasi (SHPS) yotqizilmoqda.
Ishchi guruh vakillari “Paxtagul” mahallasi yoshlik ko‘chasida olib borilayotgan ish jarayonlari bilan tanishib, mahalla ahli bilan suhbatlashdilar.
- Yo‘llarimiz yozda chang, qishda loyligidan juda qiynalar edik. Ayniqsa, kuz-qish oylarida maktab o‘quvchilari maktabga borib-kelishga ancha qiynalar edi - deydi mahallada yashovchi faxriylar