Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi

 2022-10-14 06:35:00 324 Chop etish

Mebelsozlik kichik sanoat zonasi”qurilishiga tamal toshi qo‘yildi  

Bosh rejaga asosan mazkur sanoat zonasida 60 dan ziyod yangi loyihalar amalga oshirilishi ko'zlangan  

 

Shuningdek, viloyatimiz bo‘ylab xaridorlar ham birinchi qo‘ldan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri mebelsozlar bilan arzon narxlarda savdolarni amalga oshirish imkoniga ega bo‘ladilar  

 

Ayni kunlarda tumanda 400 ga yaqin oilalar uy sharoitida mebelsozlik bilan shug‘ullanib kelishadi. Aksariyat xonadonlarda “Ustoz-shogird” anʼanasi asosida shogirdlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan. 

 

Tayyorlanayotgan mahsulotlar ichki bozordan tashqari, qo‘shni respublikalarga ham eksport qiliniishi rejalashtirilgan.

 

Tadbirda tuman hokimi Murodbek Davlatov hamda mehnat faxriylari so‘zga chiqdilar.

 

Shuningdek, tadbirkorlarga qulaylik yaratish maqsadida “Mebelchilik kichik sanoat zonasi” hududi infratuzilma (Yo‘l, elektr, tabiiy gaz, ichimlik suvi va aloqa) bilan to‘liq taʼminlanishi va ushbu loyihalar yo‘lga qo‘yilishi natijasida bosqichma-bosqich mingga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratilishi taʼkidlab o‘tildi