Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi

 2022-10-25 06:43:00 427 Chop etish

 

Navbatdagi manzil “Ilg‘or” mahallasi 

Tuman hokimi Murodebek Davlatov “Ilg‘or” mahallasiga tashrif chog‘ida bir guruh fuqarolar murojaatlarini ham tingladi.

 

Мahalla ahli tomonidan banldlik, sog‘ligini tiklash, ko‘mir olishdagi qiyinchiliklar, kredit va boshqa bir qator masalalar muhokama etildi. Muloqotlar davomida aksariyat masalalar shu joyning o‘zida yechimini topdi.

 

Jumladan, Xudayberganova Muborakning farzandini davolatishda amaliy yordam so‘rab qilga murojaati ijobiy hal etilib, farzandlari bilan dehqonchilik bilan shug‘ullanib oilaviy daromadini oshirishlari uchun yer maydoni ajratilishi bo‘yicha topshiriqlar berildi.

 

Shuningdek, Aminboyev G‘ofurjonning ish boshlab, daromadini oshirish uchun qurilish uskunalari olishda amaliy yordam so‘rab qilgan murojaati ham o‘z yechimini topdi va bu yuzadan mahalladagi yoshlar yetakchisiga tegishli topshiriqlar berildi.