Xonqa tumanidagi jami 44 ta mahalladan 23 tasi yaʼni 15 mingga yaqin xonadon tabiiy gaz taʼminotidan ajratilgan bo‘lib, shular qatorida “Obod” mahallasi ham bor.
Fuqarolar bilan kechgan suhbat davomida suyultirilgan gaz mahallaga vaqtida yetkazilayotgani, faqatgina ko‘mir olishda tirbantliklar yuzaga kelayotgani bildirildi.
Tuman hokimi Murodbek Davlatov bildirilgan takliflardan kelib chiqib, mahalla raislari hamda tegishliligi bo‘yicha har bir soha vakillariga ko‘mir taʼminotidagi mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha topshiriqlar berdi.