+998623991673
Хонқа тумани. Хонқа шаҳарчаси Халқлар дўстлиги кўчаси 30 уй, 220800
Navxos qishlog‘idan o‘tuvchi mahalliy ahamiyatidagi yo‘lda ikki...
Сентябрь 07, 2023 Xo'janiyazov Shohrux 72


Ijtimoiy tarmoqlarda “Xonqaning asfalt ko‘rmagan yo‘llari” sarlavhasi ostida tumannnig Navxos qishlog‘idan o‘tuvchi mahalliy ahamiyatidagi 4k942 “Urganch-Yangiariq” avtoyo‘li-Chandirqiyot q.-Navxos q. avtomabil yo‘li taʼmirtalabligi keltiriladi.

Ushbu yo‘lning jami uzunligi 10 kilometr bo‘lib, ikki bosqichda taʼmirlash hamda qayta qurish ishlari olib borilishi belgilangan.  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 26 fevraldagi “Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qaroriga asosan 5 km qismi qayta qurildi.

Yo‘lning qolgan qismini to‘la taʼmirlanishi bo‘yicha takliflar kiritilgan. Ayni damda loyiha smeta hujjatlari tayyorlangan bo‘lib moliyalashtirish ishlari amalga oshirilgandan keyin, tender savdolarida g‘olib bo‘lgan pudratchi tashkilot tomonidan taʼmirlash ishlari olib boriladi.

 

  h


Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Хонқа туман ҳокимига мурожаат юбориш
Сизга Хонқа туман ҳокимига электрон имзодан фойдаланмаган ҳолда бевосита электрон тарзда мурожаатларни юбориш имкониятини тақдим этади. Сизнинг мурожаатингизга тез кунда жавоб берилади.