O‘tgan 2024- yilning o‘zida tuman bo‘yicha yuzdan oshiq fuqaro kiber firibgarlar tuzog‘iga tushdi. | xonqahokimiyat.uz
O‘tgan 2024- yilning o‘zida tuman bo‘yicha yuzdan oshiq fuqaro kiber firibgarlar tuzog‘iga tushdi.
Xususan joriy yilning yanvar oyida Ilg‘or mahallasida 3 ta va Do‘stlik mahallasidagi 1 ta holat bo‘yicha fuqarolarning bank kartalaridan jami 36 mln 274 ming so‘m pul mablag‘lari nomaʼlum shaxslar tomonidan yechib olingan
Bugun keng jamoatchilik vakillari hamda masʼul tashkilotlar ishtirokida yuqoridagi holatlar bo‘yicha muhokama o‘tkazildi.
Shuningdek, viloyat IIB kiberxavfsizlik bo‘limi mutaxassislari tomonidan karta maʼlumotlarini maxfiy saqlash hamda internetdagi firibgarlik sxemalaridan ogoh bo‘lish muhimligi tushuntirildi.