Paxtagul mahallasidagi yoshlar bilan uchrashuv | xonqahokimiyat.uz
Tuman hokimi Ulug‘bek Davlatov Paxtagul mahallasidagi yoshlar bilan uchrashdi.
Muloqot davomida yoshlarning qiziqishlari bo‘yicha kasbga yo‘naltirish hamda bandligini taʼminlash masalalari muhokama etildi.
Jumladan, yoshlar tomonidan bildirilgan chorva hamda bedanachilik uchun kredit ajratilishi, kasbga o‘qitish, bog‘dorchilik bilan bog‘liq masalalarga shu joyni o‘zida yechim topilib, mutasaddilarga qatʼiy topshiriqlar berildi.