Joriy yilda Xonqa tumanida har bir sohada keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
Xususan “Madaniyat” mahallasidagi suv taqsimlash inshooti bugungi kungacha qarovsiz holga kelib qolgan edi. Ayni damda “Obod mahalla” dasturi doirasida mazkur suv inshooti mukammal taʼmirlanib, yangicha qiyofaga kirmoqda, shuningdek, hududdagi 16 kilometr uzunlikdagi ichimlik suvi tarmoqlari yangilandi va 230 ta xonadon tarmoqqa ulandi.