Muhtaram Prezidentimizning olib borayotgan oqilona va odilona siyosatlari sababli milliy boyligimiz hisoblangan paxta, chin maʼnoda millat boyligiga aylandi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Bugungi kunga kelib, paxta nafaqat fermerlarga, balki, qishloq aholisining ham mavsumiy daromad manbaiga aylandi.
So‘zimiz isboti sifatida birinchilardan bo‘lib paxta rejasini oshig‘i bilan bajargan "Sherzod Ataniyazov" fermer xo‘jaligini misol qilib aytishimiz mumkin
Joriy yil 40 gektar maydonga qadalgan chigitdan bugun birinchi terimni o‘zida 160 tonna paxta hosili olinib, 151 tonna reja oshig‘i bilan bajarildi.
Tuman hokimi Murodbek Davlatov paxta dalasida mehnat qilayotgan kun qahramonlari bilan uchrashib, ularga kuch-quvvat tiladi
Ushbu g‘alaba bilan mirishkorlarni muborakbod etamiz!