Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi

 2024-02-29 09:45:00 47 Chop etish

Raqamli texnologiyalar vaziri tomonidan Xonqa tumanida jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul tashkil etildi.

 

Joriy yilning 28-fevral kuni Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov boshchiligida Xorazm viloyati Xonqa tumanida jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

 

Mazkur qabulda “Oʻzkomnazorat” inspeksiyasi, shuningdek viloyatdagi soha korxonalari va tashkilotlari, mobil aloqa operatorlari rahbar va mutaxassislari ishtirok etishdi.

 

Qabul davomida AKT sohasida aholi, yoshlar hamda IT sohasi vakillari uchun yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlar toʻgʻrisida tadbir ishtirokchilariga batafsil ma'lumotlar berildi.

 

Yoshlarga oʻrnak sifatida viloyatdagi IT sohasidagi katta natijalarga erishgan yoshlar toʻgʻrisida ma‘lumot ham berildi.

Qabul jarayonida IT ta’lim, IT rezidentlar faolyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash, shuningdek telekommunikasiya xizmatlariga ulanish maslalarida murojaatlar hamda AKT xizmatlari sifatini oshirish boʻyicha takliflar bildirildi.

O‘tkazilgan qabulda fuqarolarning kelib tushgan koʻplab murojaatlar qabul kunida ijobiy hal etilishi ta'minlandi.

Qabul jarayonida kelib tushgan murojaatlar tahliliga koʻra mas’ullar tomonidan Xonqa tumanining Paxtakor mahallasi aholisini telekommunikatsiya xizmatlariga ulash ishlari jadallashtirilishi belgilab olinib, ushbu ishlarning bajarilishi O‘zkomnazotar inspeksiyasi tomonidan nazoratga olindi.