Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi

 2022-12-05 12:41:00 357 Chop etish

Ijtimoiy tarmoqlarda Shokir Xo‘janiyozovning  bir nechta fermer birlashib, kooperatsiya tuzgani hamda yetishtirilgan paxtani To‘rtko‘l tumaniga olib chiqib ketayotganida Xonqa tumani hokimi topshirig‘i asosida mahsulotni  olib qo‘yishgani yuzasidan murojaatlari keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Fuqaro Sh. Xo‘janiyozovning shu mavzudagi murojaatlariga bir necha bor tuman hokimligi axborot xizmati tomonidan rasmiy bayonotlar berilgan 

Shokir Xo‘janiyozov murojaatlarining birida o‘z mahallasida Davlat xususiy sherikchiligi asosida maktabgacha taʼlim tashkiloti qurayotgani va qurilish ishlari uchun kredit ajratilmagani bildiradi

Aslida esa  2021-yil 17 may sanasida Xalq banki Xonqa filiali tomonidan Shokir Xo‘janiyozov rahbarligidagi “Diana, Farzona, Mubina Yulduzlari” Nodavlat Maktabgacha Taʼlim tashkiloti  qurilish materiallari sotib olish uchun 500 million so‘m kredit mablag‘lari ajratiladi. Turgan gapki bu safar ham belgilangan loyiha o‘z holicha tashlab qo‘yiladi. Olingan kredit mablag‘lari esa  deyarli qaytarilmagan. Hozirda qarzdorlik 515 million 470 ming 746 so‘mni tashkil qilmoqda.

Ushbu harakatsizligi bilan tadbirkor maktab yoshidagi bolalarni Maktabgacha Taʼlim Tashkilotlarga qamrab olish dasturi ijrosiga salbiy taʼsir ko‘rsatmoqda.      

Murojaatdagi ikkinchi masala yuzasidan quyidagilarni bildiramiz: Xonqa tuman hududida faoliyat yuritayotgan uch fermer xo‘jaligi tomonidan ixtiyoriy kelishuv asosida 2022 yil 26 yanvarda “XONQA GOLD FIBER” ishlab chiqarish kooperativi tashkil qilingan.  

O‘z murojaatida Shokir Xo‘janiyozov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 martdagi 4633-sonli Qaroriga asosan “fermerlar bilan kelishib, kooperatsiya tashkil qilgani” haqida  fikr yuritadi.

     Ushbu  Qarorning 6-bandida “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda  paxta klasterlari tashkil qilinmagan respublikamiz hududlarida fermer xo‘jaliklarining ixtiyoriy ravishda birlashishi asosida paxta tozalash korxonalari negizida  paxta xom ashyosini yetishtiruvchi va  qayta ishlovchi kooperatsiyalar tashkil etishni nazarda tutuvchi  qaror qabul qilinishi belgilangan. Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 22 iyundagi 398-sonli qarori qabul qilingan bo‘lib, Nizomning 3-bobida kooperatsiyalarni tashkil qilish tartibi, yaʼni ularni paxta tozalash korxonalari negizida tashkil qilish belgilangan.

      Shu o‘rinda Shokir Xo‘janiyozov rahbar bo‘lgan “Mastura Doniyor Doston” fermer xo‘jaligi faoliyati haqida qisqacha maʼlumot keltirish o‘rinli.

 Tuman hokimining 2019 yil 29 yanvardagi 836q-sonli qaroriga asosan mazkur fermer xo‘jaligiga 77. 4 gektar yer maydoni ajratib berilgan va o‘tgan yillar mobaynida biron marotaba belgilangan reja bajarilmagan. Hududdagi  fermerlar 40 sentnerdan hosil olgan bo‘lishsa ishlab chiqarish kooperativi rahbari o‘ziga hos namuna ko‘rsatib har bir gektardan atigi 14 sentner hosil yetishtirgan. Bundan tashqari “Mastura Daniyor Doston”fermer xo‘jaligining hozirda 37 million 600 mingdan ziyod soliq qarzdorligi mavjud.  

Joriy yilda esa fermer xo‘jaligi paxta yetishtirish va topshirish yuzasidan hech bir paxtachilik klasteri bilan shartnoma qilmagan.

Ushbu holatlardan kelib chiqib fermer xo‘jaligi yerlarini tuman zaxirasiga o‘z xohishi bilan qaytarishi hamda yerni ijaraga olish to‘g‘risidagi shartnomani bekor qilishi yuzasidan tuman hokimligi tomonidan bir necha bor ogohlantirilgan. Shuningdek, fermer xo‘jaligi bilan tuzilgan shartnomani bekor qilish uchun tegishli sudga murojaat qilinishi  to‘g‘risida taklif xati yuborilgan.  

O‘tgan davr mobaynida ketma-ket sud jarayonlari olib borilgan va 2022 yil 24 noyabrda Urganch tumanlararo iqtisodiy sudi Xonqa tumani hokimligi bilan “Mastura Doniyor Doston”fermer xo‘jaligi o‘rtasidagi yer uchastkasini uzoq muddatli ijara olish to‘g‘risidagi shartnomani bekor qilish yuzasidan hal qiluv qarori qabul qilgan.

Shokir Xo‘janiyozov sud qarori yuzasidan yuqori turuvchi sudga qonuniy tarzda apellatsiya shikoyati keltirish va “o‘zining haqligini” isbotlash o‘rniga boshqacha yo‘l tutishni maʼqul ko‘radi, yaʼni sud qarori chiqqanidan ikki kun o‘tgach 2022 yil 26 yanvar kunisi hududdagi 4ta fermer xo‘jaligi tomonidan 244 gektar maydonda yetishtirilgan paxta xom ashyosini To‘rtko‘l tumaniga olib chiqishga kirishadi va bu jarayonda tegishli tashkilotlar mutasaddilar tomonidan to‘xtatib qolinadi. Sababi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6 noyabrdagi “Paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining 3-bandida bir hududda (Qoraqalpog‘iston Respublikasi yoki tegishli viloyat) barcha paxta-to‘qimachilik klasterlariga fermer xo‘jaliklari bilan shartnoma asosida faoliyat yuritishga va fermer xo‘jaliklariga ushbu klasterlar bilan paxta xom ashyosini yetkazib berish bo‘yicha ixtiyoriy ravishda shartnomalar tuzishga ruxsat beriladi, deb ko‘rsatilgan.

Ayni damda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan holatga oydinlik kiritish maqsadida surushtiruv ishlari olib borilmoqda.

Yana bir qiziq jihatga eʼtibor qaratsak agar “XONQA GOLD FIBER” ishlab chiqarish kooperativi tashkil qilingan bo‘lsa  nimaga?!  11 oydirki bironta yangi ish o‘rni tashkil etilmagan, soliq hisobotlari berilmagan. Soliq tushumlari esa umuman mavjud emas.

Shuni alohida taʼkidlash kerakki yer davlat mulkidir Davlat esa Xalq!  Fermerlarimiz tomonidan yetishtirilgan har bir tola paxta  shu hudud uchun yangi loyiha,  aholi uchun ish o‘rni hamda daromad manbai bo‘lishi lozim.

 Nafsi yo‘lida qo‘shnisi, mahalladoshi va eldoshlarining rizqini yeyayotgan faqat o‘zim bo‘laman qabilida ish ko‘rayotgan baʼzi insonlarni nima deb atashni o‘zingizga havola qildik