Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi
Ijtimoiy tarmoqlarda “Xonqa tumani. Murod Davlatov viloyat topshirig‘ini bajarmaydigan hokim” sarlavhasi ostida “fuqaro Husainov Fozil Matnazar o‘g‘li uchun qurilayotgan uy berilmayapti mazmunidagi murojaat tarqaldi.
Eslatib o‘tish joiz, muqaddam fuqaro F. Husainovning ijtimoiy tarmoqlarda aynan shu mazmundagi chiqishlariga Xonqa tuman hokimligi axborot xizmati 2020 yil 8 iyulda rasmiy munosabat (https://t.me/xonqahokimiyat/1776) bildirgandi.
Ma’lumot uchun aytib o‘tamiz, fuqaro F. Husainov ayoli hamda ikki nafar farzandi bilan “Gulg‘uncha” mahallasida ijarada yashab kelmoqda. Oilasi kam ta’minlangan oilalar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, muntazam tarzda homiylar tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlab kelinayapti. Jumladan, karantin sharoitida “Saxovat va ko‘mak” harakati tomonidan 2.5 million so‘mlik, 2021 yilning o‘tgan yarim yilida esa yana 2.5 million so‘mdan ziyod oziq-ovqat mahsulotlari berilgan. Jumladan, Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan 400 ming va homiylar tomonidan 700 ming so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari, Qurbon hayiti arafasida 600 ming so‘m pul mablag‘i berilgan.
Bundan tashqari F. Husainovga ekin ekib, daromad olishi uchun “Bobo Sattor” fermer xo‘jaligi tomonidan 30 sotix yer maydoni ajratib berilgan. 2020 yilda oilasiga bir bosh sigir ham berilgan.
Fuqaro F. Husainov ushbu ekin maydonpdan unumli foydalanilmagan, sigirni esa sotib yuborgan.
Husainovning turmush o‘rtog‘i Xurshida Yo‘ldosheva vaqtincha ishsiz bo‘lgani uchun, tikuvchilik bilan shug‘ullanish istagini bildirgani sabab unga tuman hokimligi va homiylar tomonidan tikuv mashinasi hadya qilinib, o‘zi vaqtincha ijarada turgan mahalla hududida yengil konstruksiyali tikuvchilikka mo‘ljallangan shoxobcha imtiyozli kredit asosida qurib berilgan.
Shuncha moddiy yordam va ko‘mak berilishiga qaramasdan fuqaro F. Husainov tuman hokimi qabullarida muntazam o‘ziga berilayotgan moddiy yordamdan qoniqmasligini aytib, unga bepul uy berishlarini talab qilib keladi.
Hozirda tumanda qurilayotgan turar joylar ipoteka krediti asosida berilishini, bunday uy olish uchun muqim ish bilan band bo‘lishi shartligi tushuntirilib, tuman bandlikka ko‘maklashish markazi tomonidan ish taklif qilingan. Murojaatni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan bloger Q. Sherjanova ta’riflagan “yosh, shijoatli yigit” bu takliflarni rad qilgan.
Joriy yilning yanvar-fevral oylarida haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilingan, ammo F. Husainov jamoat ishlarida to‘liq qatnashmagan.
Tuman hokimi tomonidan fuqaro F. Husainovga subsidiya asosida uy olish uchun hujjat taqdim qilinishida norasmiy daromadlardan soliq to‘lanishida amaliy yordam ko‘rsatilishi bo‘yicha taklif berilgan. Fuqaro F. Husainov esa kredit olish uchun tuman hokimligi kafillik berishi shartini qo‘ygan.
Yosh, mehnatga layoqatli bu fuqaroga shuncha homiylik yordami ko‘rsatgan tadbirkorlar uning boqimandalikni turmush tarziga aylantirilganini ko‘rib, endilikda homiylik qilishni istashmayapti.
Murojaatda keltirilgan “bepul uylar” masalasida quyidagilarni ma’lum qilamiz:
Tuman hokimi tashabbusi bilan uy-joyga muhtoj bo‘lgan oilalar uchun “Shirin” mahallasida hududida 5ta 3 xonali uylar qurilishi belgilangandi. Ushbu turar joylarni mablag‘ bilan ta’minlashda yuzaga kelgan holat, ya’ni ko‘ngilli homiy tashkilotlar yo‘qligi sabab qurilish vaqtincha to‘xtatilgan.
Qurilishi vaqtincha to‘xtatilgan uy-joylar kimlarga va qay tartibda berilishi masalasi hali hal qilinmagan.
Xonqa tuman hokimligi axborot xizmati.