Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi
Rasmiy munosabat.
Ijtimoiy tarmoqlarda davlat ahamiyatidagi 4R164 Xonqa sh.-Yangiariq q. - Chiqirchi q.-Xiva sh. avtomabil yo‘lining 3.9 km.dagi “Jirmizko‘l” kollektor ko‘prigi yuzasidan video lavhada tarqaldi
1964-yilda qurilgan ushbu ko‘prik uzunligi 36 p.m, ko‘prik eni 13,9 metr, qatnov qismi eni 11.5 metr, ko‘prik osti gabariti 3,6 metr, 2-toifali ko‘prik hisoblanadi. Ushbu ko‘prikning tayanch ustunlari yemirilgan va karroziyaga uchragan, ko‘prikning xarakatlanish qismidagi o‘ng va chap tomondagi plitalarida teshilgan va singan ko‘prik ta’mirtalab axvolda.
Xozirgi kunda ushbu ko‘prikda xarakat xavfsizligini ta’minlash maksadida ko‘prikning xarakatlanish qismidagi o‘ng va chap tomonlari beton to‘siq bilan to‘silgan va 4.2.1 to‘siqni o‘ngdan chetlab utish, 1.18.1 va 1.18.2 yo‘lning torayishi, 3.24 tezlik cheklangan (30 tezlik), 1.31.2 burilish yo‘nalishi, 1.23 ta’mirlash ishlari yo‘l belgilari o‘rnatilgan.
Ushbu ko‘prikni 2024-yilda ta’mirlashga takliflari berilgan, moliyalashtirish ishlari amalga oshirilgandan keyin ta’mirlash ishlari bajarilishini ma’lum qilamiz.