Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyati Xonqa tumani "Durgadik" mahallasidagi achinarli holatdagi yo‘l yuzasidan murojaat tarqaldi.
Ushbu murojaat yuzasidan Xonka tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi mutaxassislari tomonidan joyiga chiqilib, o‘rganish natijalariga ko‘ra quyidagilarni ma’lum qilamiz:
Tomadurgadik qishlog‘i “Durgadik” mahallasi xududidan o‘tgan mahalliy ahamiyatidagi 4k965B Toma qishlog‘iga 0-5 km avtomobil yo‘lini tashkil qilib, Xonka tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasiga qarashli yo‘l hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining buyrug‘iga asosan “umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish” yiliga ikki marta amalga oshiriladi va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha chora-tadbir rejalari ishlab chiqiladi.
Joriy yilning sentyabr oyi boshida murojaatda ko‘rsatilgan ushbu yo‘lining 3 kilometrdan ziyod qismida yo‘l profili tekislanib, zichlash ishlari bajarildi va transport vositalarning qulay harakatlanishi uchun vaqtinchalik sharoit yaratildi.