Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi
Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro n. Quryazov “2023 yil 21 sentyabr kuni viloyat prokurori va 2023 yil 26 sentyabr kuni IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilganligini, ushbu murojaati hanuzgacha ko‘rib chiqilmaganligi” to‘g‘risida xabar tarqaldi.
Ushbu holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz: Bog‘ot tumanida tug‘ilgan fuqaro n. Quryazov Xonqa tumani, Istiqlol mahallasida joylashgan “Xonqa global motors” nomli MCHJdan yuk tashish“Elektro motatsikl”ni sotib olgan.
Keyinchalik “Elektro motatsikl” (Murovey) da texnik nosozliklar yuzaga kela boshlagan.
Xaridor n. Quryazov sotuvchilarga holat yuzasidan o‘z eʼtirozini bildirgan va o‘rtada kelishmovchilik kelib chiqqan.
Ayni damda ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, to‘plangan xujjatlar Xonqa tumani sudiga yuborilgan