Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi

 2022-09-28 08:14:00 288 Chop etish

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video murojaatda “Madaniyat” mahallasi Saneri pasyolkasiga olib boruvchi yo‘lning holati tanqid ostiga olinadi

“Madaniyat” mahallasida joylashgan Saneri aholi yashash punkti 1980-yillarda tashkil topgan bo‘lib, hozirda 92 xonadon mavjud.

O‘tgan davr mobaynida hudud aholisining yashash sharoitlarini yaxshilash borasida qator ishlar amalga oshirildi. Xususan, Obod mahalla Davlat dastur doirasida “Madaniyat” mahallasida 12,5 kilometr uzunlikdagi ichimlik suv tarmoqlarini qurish hamda 1 ta suv taqsimlash inshootini taʼmirlash rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunda pudratchi tashkilot “Qo‘shko‘pirmaxsussuvpudrat” MCHJ tomonidan qurilish taʼmirlash ishlari 95 %ga bajarildi.

Murojaatda keltirilgan Saneri pasyolkasiga olib boruvchi yo‘lda hududdagi aholi uchun 3.6 kilometr uzunlikdagi toza ichimlik suvi tortildi. Natijasida yo‘llarda harakatlanishda bir muncha noqulayliklar yuzaga kelgan. Yuzaga kelgan noqulaylikni vaqtincha bartaraf qilish maqsadida pudratchi tashkilot “Qo‘shko‘pirmaxsussuvpudrat” MCHJ va soha xodimlari tomonidan yo‘lning ayrim qismlariga SHPS yotqizilib, yo‘lning holati yaxshilandi.

Shuningdek, aholi murojaatlarini inobatga olgan holda kelgusida hududga olib boruvchi tuproq yo‘llarni tosh yo‘llarga aylantirish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga takliflar kiritilganini maʼlum qilamiz