Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi

 2023-08-17 04:08:00 140 Chop etish

Ijtimoiy tarmoqlarda “Xonqa tumanida maktab direktorlaridan istirohat bog‘ini taʼmirlash uchun pul yig‘ilayotganligi” yuzasidan xabar tarqaldi. Ushbu holat bo‘yicha quyidagilarni maʼlum qilamiz

Tumandagi faol tadbirkorlar tashabbusi  bilan tuman markazidagi  Hojixon Boltev nomidagi istirohat bog‘ini yangicha zamonaviy qiyofaga keltirish taklifi ilgari surilgan edi. Ushbu taklif asosida joriy yilning 15 iyun sanasida taʼmirlash ishlari boshlab yuborilgan.  

Bosh  rejaga asosan bog‘ hududidagi noqonuniy qurilma va avariya holatidagi eski attraksionlar o‘rnida o‘nlab yangi ko‘ngil ochar loyihalar amalga oshirilishi belgilangan.

Ayni damda yuqoridagi murojaatda keltirilgan holatga oydinlik kiritish maqsadida surishtiruv ishlari olib borilmoqda